"Komo" bosh murabbiyi Fransesk Fabregas jamoada qolishi mumkin, deb yozadi Fabrisio Romano.
Klub ispaniyalikni transferlar bo‘yicha qaror qabul qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uzoq muddatli loyihada to‘laqonli ishtirok etuvchi shaxs sifatida ko‘rmoqda.
Bundan tashqari, "Komo" allaqachon Fabrgeas olmoqchi bo‘lgan "Deportivo" chap qanot yarim himoyachisi Yeremayning transfer punktini faollashtirishni rejalashtirmoqda. Transfer qiymati 30 mln yevroni tashkil etadi.
Avvalroq, Franseskga "Bayer," "Milan" va "Roma" da’vogar ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozircha "Komo" A Seriya jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.













