"Vulverxempton" hujumchisi Mateus Kunya tez orada "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga "qizil iblislar"ning loyihasi yoqqan va tomonlar hozirda hamkorlik shartlarini muhokama qilishmoqda.













