Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karvaxal "Real"da Trent bilan raqobatdan qo‘rqayotgani yo‘q

Karvaxal "Real"da Trent bilan raqobatdan qo‘rqayotgani yo‘q

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal o‘zining bo‘lajak jamoadoshi Trent Aleksandr-Arnold haqida gapirdi.

"Qaymoqranglilar" "Liverpul"ning 26 yoshli futbolchisini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oladi. Inglizning transferi tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Vaziyat aniq. Rasmiy ravishda hali hech narsa tasdiqlanmagan, lekin shunday bo‘lsa kerak, - deydi Karvaxal Trentning tez orada kelishi haqida. - Raqobatdan qo‘rqish? Hech qanday qo‘rquv yo‘q. Biz jamoadosh bo‘lamiz. Tarkibdagi o‘rin uchun kurash bizni kuchliroq qiladi," - deydi kuzdan buyon jarohati sabab maydonga tushmayotgan ispaniyalikEl Chiringuito TV'ga bergan intervyusida.

Kiritildi: 08:32, 21.05.2025.
O'qildi: 1721 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик