Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta - Malaga

Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga borishi mumkin

Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga borishi mumkin

Baho:
+1 | -

40 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida “An-Nasr” klubidan ketishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Marokashning “Vidad” jamoasi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Klub rahbariyati mazkur transferni iyun oyi AQSHda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qadar yakunlashni rejalashtirgan.

Marokash jamoasi 2021/22 yilgi mavsum Afrika Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan va shu sabab yangi formatdagi Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan. Ular “Manchester Siti”, “Yuventus” va “Al-Ayn” bilan birgalikda "G" guruhidan joy olgan.

a’lumot uchun, 2024/25 yilgi mavsumda Ronaldu “An-Nassr” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 33 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning riyodliklar bilan shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadi.

Avvalroq OAVda futbolchiga turli qit’alardan beshta jamoa, xususan, “Chelsi”, “Beshiktosh”, “Los-Anjeles”, “Al-Ahli” va “Sporting” jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:48, 21.05.2025.
O'qildi: 6773 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик