Gabriel Veyga Saudiya Arabistonidan Yevropaga qaytishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "Portu" "Al-Ahli"dan 22 yoshli yarim himoyachini qo‘lga kiritish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bitim 16-17 million yevroga teng bo‘lishi kutilmoqda.
Veyga 2023 yilning yozida "Selta"dan "Al-Ahli"ga o‘tgan edi.













