Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real"ning yana bir futbolchisi kamida ikki oyga "ketdi"

"Real"ning yana bir futbolchisi kamida ikki oyga "ketdi"

Baho:
+ | -

Endrik jarohati tufayli 2 oyni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Madridning "Real" klubi hujumchisi "Sevilya"ga (0:2) qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida jarohat oldi. Yakshanba kungi uchrashuvning 58-daqiqasida u almashtirildi.

Bugun futbolchi mashg‘ulotlarga qaytdi, ammo og‘riqni boshdan kechirdi va shuning uchun tekshiruvga yuborildi. Natijada braziliyalik futbolchining o‘ng oyog‘ining son qismidan jarohat olgani aniqlandi. Qayta tiklash taxminan ikki oy davom etishi kutilmoqda.

Shu tariqa Endrik La Ligada "Real Sosyedad"ga qarshi o‘ynamaydi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

Kiritildi: 22:18, 21.05.2025.
O'qildi: 2957 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик