Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter"ning ikki muhim futbolchisi YECHL finalidan 10 kun oldin mashg‘ulotlarga qaytishdi

"Inter"ning ikki muhim futbolchisi YECHL finalidan 10 kun oldin mashg‘ulotlarga qaytishdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Lautaro Martines va yarim himoyachi Davide Frattezi Milanning "Inter" jamoasining navbatdagi o‘yinida ishtirok etishi mumkin.

Juma kuni "neradzurrilar" A Seriya so‘nggi turida "Komo"ga qarshi o‘ynaydi - "Napoli" mag‘lub bo‘lib, "Inter" g‘alaba qozonsa, Simone Indzagi jamoasi Skudettoni qo‘lga kiritadi. Sky Sport xabariga ko‘ra, chorshanba kuni Martines va Frattezi umumiy guruhda qisman yuklama bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Ikkalasi ham chempionlik uchun bahsda maydonga tushishi mumkin, ammo asosiy tarkibda emas. Eslatib o‘tamiz, hujumchi va xavbek jarohat tufayli avvalgi ikki uchrashuvda maydonga tusha olmagan edi.

31 may kuni "Inter" Chempionlar Ligasi finalida "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:12, 22.05.2025.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик