Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Fevzi Davletov: "Vaziyatlardan foydalana olmasligimiz keyinchalik yaxshi oqibatlarga olib kelmayapti"

Fevzi Davletov: "Vaziyatlardan foydalana olmasligimiz keyinchalik yaxshi oqibatlarga olib kelmayapti"

Baho:
+ | -

"Andijon" – "Surxon" (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov qatnashdi.

-  Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bellashuvning 20-25 daqiqasigacha biz nazorat qildik. Bir qator vaziyatlarni yaratdik. Lekin imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Shundan so‘ng ko‘p narsa o‘xshamadi. Mana shunday vaziyatlardan to‘liq foydalanmasligimiz keyinchalik yaxshi oqibatlarga olib kelmayapti. Natijada raqibga imkoniyatlarni berib qo‘ydik. Birinchi taymning ikkinchi yarmida tashabbusni raqibimizga topshirib qo‘ydik va yaxshi ishlamadik. Futbolchilarimizga ko‘rsatmalarni bergandik, biroq to‘liq bajarishmadi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida ham bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydik. Umumiy ma’noda aytsam, biz mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Maksimum darajada durang bo‘lishi kerak edi. Bunday o‘yinlarni yutish kerak edi.

-  Birinchi taymni jamoangiz shiddatli boshlagandi. Ikkinchi taymda esa pasayib ketdi...

-  Gol urganimizdan keyin biroz xotirjamlikka berildik. Bergan ko‘rsatmalarimizni yigitlar to‘g‘ri qabul qilishmadi, shekilli. Qanotlarda ham faol o‘ynamadik. Birinchi golning o‘tkazilishida oxirigacha kurashish kerak edi. Ikkinchi gol mohirona kiritildi. Maydonda yaxshi harakat qilishing, lekin bir-ikkita xato tufayli gol o‘tkazib yuborishing mumkin.

-  Qaydnomada bosh murabbiysiz. Biroq o‘yin paytida asosan zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdingiz va Qudryashov bilan Qurbonboev futbolchilarga ko‘rsatma berib turdilar.

-  Biz o‘yingacha ko‘rsatmalar berganmiz. Bu yerda hech qanday ajablanarli narsa yo‘q. Biz barchamiz birgalikda harakat qilamiz.

-  Jahongir Abdusalomov zaxiradan maydonga tushdi. Bu nima bilan bog‘liq?

-  U ko‘p vaqtni maydon tashqarisida o‘tkazdi va hozirda to‘liq optimal holatda emas. O‘rtada katta pauza bor. Shu vaqt ichida o‘z sport formasini tiklab oladi, deb o‘ylayman.

-  Asilbek Jumayevning o‘yini borasida nima deya olasiz?

-  Katta hajmdagi ishni bajaryapti. Ustida hali ko‘p ishlashi kerak. Chiroyli pas berish kerak va gol urish lozim, xuddi "Andijon"ga o‘xshab. Bizga aynan shunday holat yetishmadi. Jumaev imkoniyatidan foydalanganida boshqacha bo‘lardi. Gol ur, imkoniyating bo‘lgandi, senga nima halaqit qilyapti?

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:36, 24.05.2025.
O'qildi: 410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.