Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuv 24 may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda Jizzaxning “So‘g‘diyona”si o‘z maydonida Buxoroning “Buxoro”sini qabul qildi. O‘yindagi gollar birinchi bo‘limda urildi.

Jumladan, 16-daqiqada Shahboz Jo‘rabekov buxoroliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 23-daqiqaga kelib esa Lyupcho Doriyev hisobni tenglashtirdi.

Ushbu durang bilan jizzaxliklar 9 ochko bilan 14-o‘rinni, buxoroliklar esa 8 ochko bilan 15-pog‘onani egallab turibdi.

Superliga, 11-tur
24 may, shanba
“So‘g‘diyona” — “Buxoro” 1:1
Gollar: 0:1 – 16, Shahboz Jo‘rabekov, 1:1 – 23, Lyupcho Doriyev.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:33, 24.05.2025.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик