"PSJ" va "Marsel" Fransiya Superkubogini o‘ynaydi.
Parij klubi Fransiya kubogini qo‘lga kiritdi. Finalda Luis Enrike jamoasi "Reyms"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Avvalroq "Pari Sen-Jermen" Fransiya chempionligini rasmiylashtirgandi.
Shu tariqa, "PSJ" mamlakat Superkubogi uchun kechadigan bahsda Fransiya vise-chempioni "Marsel"ga qarshi maydonga tushadi.













