Kilian Mbappe La Ligada 30+ gol urgan "Real"ning 4 futbolchisidan biriga aylandi.
Hujumchi so‘nggi turda "Sosyedad" (2:0) bilan o‘yinda dubl qayd etdi. U debyut mavsumida chempionatda 31 ta gol urgan.
La Ligada fransuzdan oldin faqat Alfredo Di Stefano, Ugo Sanches (ikki marta) va Krishtianu Ronaldu (olti marta) 30+ gol urishga muvaffaq bo‘lgan.













