Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Islombek Ismoilov JCH qur’asi natijalari haqida fikrlarini bildirdi

Islombek Ismoilov JCH qur’asi natijalari haqida fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

U-17 Jahon chempionati qur’asi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Paragvay, Panama va Irlandiya bilan bir guruhdan joy oldi. Qur’a marosimidan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov musobaqa va raqiblar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Har uchala raqib ham o‘z mintaqasining kuchli vakillari sanaladi va bu turnirga munosib tarzda yo‘l olishgan. Shu bois har bir o‘yinga alohida va puxta tayyorgarlik ko‘ramiz.

Paragvay — Janubiy Amerikaning jismoniy kuch, intizom va texnika uyg‘unligi bilan ajralib turadigan jamoasi. Ular hech qachon kurashdan chekinmaydi. Panama esa CONCACAF mintaqasida yildan-yilga o‘sib kelayotgan futbol maktabiga ega. Ularning o‘yin uslubi tezlik, qarshi hujum va yuqori pressingga asoslangan. Irlandiya klassik Yevropa futboli vakili bo‘lib, kuchli shakllangan o‘yin va intizom bilan ajralib turadi.

Shubhasiz, guruhdagi barcha jamoalar kuchli. Bu bosqichda oson raqib yo‘q. Ammo biz ham Osiyo chempionlari sifatida ushbu musobaqada shunchaki ishtirok uchun emas, balki istalgan jamoaga qarshi raqobat ko‘rsatish, o‘z salohiyatimizni namoyon etish va yurtimiz nomini munosib himoya qilish uchun harakat qilamiz

Jamoamizda ishonch bor, so‘nggi yillarda katta tajriba orttirgan, bir qator og‘ir bahslardan o‘tgan va endi har bir o‘yinga chuqur tahlil, aniq reja hamda yuksak ruhiy tayyorgarlik bilan chiqadi. Bor e’tiborimizni raqiblarni chuqur o‘rganishga, iqlim va muhitga moslashishga, shuningdek futbolchilarimizni ruhiy va taktik jihatdan eng yuqori darajada tayyorlashga qaratamiz. Yurtimiz bayrog‘ini jahon miqyosida yuqori ko‘tarish va futbol muxlislariga quvonch ulashish biz uchun sharafdir", deya ta’kidladi Islombek Ismoilov.

Kiritildi: 12:14, 26.05.2025.
O'qildi: 1306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.