Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

O‘zbek futboli fidoyisiga ehtirom ko‘rsatildi

O‘zbek futboli fidoyisiga ehtirom ko‘rsatildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek futboli rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutaxassis, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti maslahatchisi Avaz Azizxo‘jayev 75 yoshni qarshi oldi. Bugun O‘FAda yubiley ayyomni qarshi olgan A.Azizxo‘jayevni qutlash uchun ko‘plab mutaxassislar jam bo‘lishdi.

Shu jumladan, Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov ham O‘FAga tashrif buyurib, hayotining katta qismini futbolimiz istiqboliga baxshida etgan Avaz Azizxo‘jayevni yubiley ayyom bilan muborakbod etishdi.

Adham Ikramov Avaz Abbasovichga “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonini, Otabek Umarov esa MOQning esdalik medalini topshirdilar.

Kiritildi: 19:18, 26.05.2025.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик