Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Bryuyne farzandlariga Neapoldan maktab topdi

De Bryuyne farzandlariga Neapoldan maktab topdi

Baho:
+ | -

Kevin De Bryuynening "Manchester Siti"dan "Napoli"ga o‘tishi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Janluka di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, transferning barcha tafsilotlari allaqachon kelishib olingan. De Bryuynening advokatlari belgiyalik futbolchining transferi bo‘yicha yakuniy masalalarni hal qilishmoqda.

Qayd etilishicha, Kevin allaqachon Neapolda o‘zi uchun uy topgan, uning oilasi esa hozirda uy-joy sotib olish masalasini hal qilishmoqda. Kevinning farzandlari o‘qiydigan maktab ham topildi.

Eslatib o‘tamiz, "Napoli" A Seriyaning mavsum yakunida Milanning "Inter" klubini bir ochkoga ortda qoldirib, Italiya chempioniga aylandi. De Bryuynening "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlanmoqda.

Kiritildi: 21:09, 26.05.2025.
O'qildi: 965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик