Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

“Manchester Siti” yozda kamida 4 ta futbolchi xarid qiladi

“Manchester Siti” yozda kamida 4 ta futbolchi xarid qiladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum arafasida “Manchester Siti” rahbariyati jamoaga chap qanot himoyachisi olib kelish uchun harakat boshladi. “Shaharliklar” yanvar oyida to‘rtta transfer amalga oshirgan bo‘lsa-da, yozda kamida yana shuncha yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsum davomida “Siti” jarohatlar sabab muammolarga duch keldi, natijada ba’zi futbolchilar boshqa pozisiyalarida o‘ynashga majbur bo‘ldi. Chap qanot himoyasida Niko O'Rayli, o‘ng qanotda esa Mateus Nunyes vaqtincha yechim sifatida maydonga tushirildi. Bu holat himoya chizig‘ini yanada kuchaytirishga sabab bo‘lmoqda.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” hozirda “Vulverhempton” himoyachisi Rayan Ait-Nuri transferini o‘rganib chiqmoqda. 23 yoshli jazoirlik futbolchi “shaharliklar”ning chap qanot himoyasi uchun ideal nomzod hisoblanadi.

Ait-Nuri 2020 yildan beri “Vulverhempton” safiga to‘p tepadi. Uning shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Bu “Siti” uchun uni nisbatan arzon narxda qo‘lga kiritish imkonini yaratadi.

Futbolchi joriy mavsum Angliya Premyer Ligasi doirasidagi 37 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 gol va 7 assist yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Nurining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:53, 26.05.2025.
O'qildi: 2329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик