Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Shaxrullo Mahmudov Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

Shaxrullo Mahmudov Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

Baho:
+ | -

Bugun, 25 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF)ning har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan hisobot saylov kongressi ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Ahamiyatli jihati, yangi olimpiya davri – 2025-2029 yillarning taraqqiyot strategiyasini belgilash maqsadida faoliyat olib boradigan Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining 17 nafar a’zolari qatoridan O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrullo Mahmudov joy egalladi.

170 dan ziyod davlatning milliy federasiya vakillari ishtirokida uch kun davomida o‘tgan kongress davomida Muhammad Jolud yangi muddatga IWF prezidenti, AQSH vakili Xose Quinones bosh kotib sifatida ish olib boradigan bo‘ldi. Kongressda 2 nafar mustaqil vise-prezident, 5 ta qit’a bo‘yicha IWF vise prezident, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha  IWF komissiyasi rahbarlari saylandi.

Delegatlarning ovoz berishi natijasida 17 nafar mutaxassis IWF ning boshqaruv organi Ijroiya kengash a’zoligidan joy oldi.

– IWF kongressi har jihatdan ishchan ruhda o‘tdi. Yig‘ilish davomida bir necha bor O‘zbekiston nomi tilga olindi. Xususan, Akbar Jo‘rayevning 2 ta yozgi Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgani, jahon chempionligini qo‘lga kiritgani, jahon rekordini yangilagani, mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida og‘ir atletika bo‘yicha tashkil etilgan jahon va Osiyo chempionatlari eng muvaffaqiyatli xalqaro musobaqalar sirasiga kiritilgani qayd etildi.

Bevosita saylovlar xususida to‘xtaladigan bo‘lsam, IWF ning yuqori organi Ijroiya qo‘mita a’zolari qatoridan birinchi marta o‘rin egallashimiz jahon og‘ir atletikasida O‘zbekistonning o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatdi, – deydi og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon va qit’a chempioni Ruslan Nuruddinov.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Manba: uza.uz
Kiritildi: 12:19, 27.05.2025.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.