Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Nodirbek Abdusattorov «Sharja Masters» musobaqasida 3-o‘rinni egalladi

Nodirbek Abdusattorov «Sharja Masters» musobaqasida 3-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 17-25 may kunlari BAAning Sharja shahrida an’anaviy «Sharja Masters» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning 4 nafar shaxmatchisi ishtirok etdi — Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Ortiq Nig‘matov va Muhiddin Madaminov.

Nodirbek Abdusattorov turnirda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U o‘tkazilgan 9ta o‘yinda 6,5 ochko jamg‘ardi. Hamyurtimiz 4 o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 ta bahsda durang qayd etdi. Nodirbek 7 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi.

Niderlandiyalik Anish Giri 7 ochko bilan musobaqa g‘olibi bo‘ldi. U 7 ochko jamg‘ardi. 6,5 ochko jamg‘argan Aleksandar Injich (Serbiya) esa 2-pog‘onani band etdi.

Turnirda Ortiq Nig‘matov 4,5 ochko bilan 34-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Jahongir Vohidov 4 ochko bilan 60-qatorni band etdi. Muhiddin Madaminov esa musobaqada 3,5 ochko to‘pladi va 66-pog‘onada qoldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:04, 27.05.2025.
O'qildi: 2040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик