Rim papasi futbolning tarbiyaviy roli haqida gapirdi.
"Bizga ma’lumki, futbol Italiyada va butun dunyoda juda mashhur. Sportning tarbiyaviy ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Afsuski, sport shunchaki biznesga aylanganda, u ta’lim beruvchi qadriyatlarni yo‘qotish xavfini tug‘diradi.
Ayniqsa, yoshlar va o‘smirlar haqida gap ketganda, hushyor bo‘lish zarur. Shuning uchun men ota-onalarga, sport rahbarlariga murojaat qilaman: sportning ma’naviy tomoniga e’tibor bering, chunki bolalarning shaxsiy rivojlanishi xavf ostida", - dedi pontifik.













