Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Kunya "MYU"dan 10-raqamni talab qilmoqda

Kunya "MYU"dan 10-raqamni talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Mateus Kunya "Manchester Yunayted"ga o‘tgandan so‘ng 10-raqamli futbolkani olishga umid qilmoqda.

Bu "Vulverxempton"ning "mankunianliklar" bilan muzokaralar chog‘ida qo‘ygan talablaridan biri bo‘ldi, deb xabar beradi Talksport.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchi o‘zini "Manchester Yunayted"da "etakchi o‘yinchi sifatida ko‘radi" va "10-raqam bosimidan zavqlanadi".

Hozirda 10-raqamli futbolka o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Aston Villa"da ijara asosida o‘tkazgan Markus Reshfordga tegishli. "Manchester Yunayted" vingerni 40 million funtga sotishga tayyor.

Avvalroq “Manchester Yunayted”da 10-raqamli futbolkani, xususan, Zlatan Ibrahimovich, Ueyn Runi, Rud van Nistelroy va Mark Xyuz kiygan edi.

"Manchester Yunayted" Kunyani 62,5 millionga sotib olishi xabar qilingandi.

Kiritildi: 11:01, 28.05.2025.
O'qildi: 1928 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик