Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Eldor Shomurodov: “Bu safar xato qilishga haqqimiz yo‘q”

Eldor Shomurodov: “Bu safar xato qilishga haqqimiz yo‘q”

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Jahon chempionati saralashi doirasidagi BAAga qarshi bo‘lajak o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

 Hujumchining fikriga ko‘ra, jamoaning xato qilishga umuman haqqi yo‘q:

"Hammada kayfiyat a’lo darajada. Bosim yo‘q. Jamoa bugun yig‘ildi. Dubayda yig‘inning ikkinchi qismini olib boramiz. Hech qanday xavotir yo‘q. Biz nima qilishimiz kerakligi va bizni qanday o‘yin kutib turganini bilamiz. Bunday o‘yindan oldin ortiqcha motivasiya ham shart emas deb o‘ylayman. Hamma futbolchilar tayyor va bizga qandaydir omillar xalaqit qiladi deb o‘ylamayman.

O‘zimni yaxshi his etyapman. Bellashuvga 100 foiz tayyorman. Tayyorgarlik uchun hali yana 1 hafta vaqtimiz bor. Birinchi navbatda, issiq havoga moslashimiz kerak. JCH orzusi nafaqat menda, balki termadagi har bir futbolchida bor. Butun O‘zbekiston bizdan nimani kutayotganini tushunib turibmiz. Bu safar xato qilishga haqqimiz yo‘q degan fikrdaman", dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 may kuni O‘zbekiston terma jamoasi Dubay shahriga uchib ketdi. Temur Kapadze shogirdlari yig‘inning ikkinchi qismini BAAda davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, BAA — O‘zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni Abu-Dabidagi “Al-Nahyan” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 10:15, 29.05.2025.
O'qildi: 3164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.