Kirish Ro'yxatdan o'tish

Son Xyon Min Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Son Xyon Min Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Saudiya Arabistoni klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Saudiya klublarining fikricha, London jamoasi bilan Yevropa ligasida g‘alaba qozonish futbolchi faoliyatidagi ingliz bosqichining yakuni bo‘lishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ni tark etishga yaqin turibdi, Saudiya ligasi o‘z brendini yo‘qotmaslik uchun yangi yulduz qidirmoqda. "Shporlar" futbolchisi bu vazifani bajarishi mumkin. Oldinroq bu kontekstda "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh tilga olindi, ammo u "mersisaydliklar" bilan shartnomasini uzaytirdi, shuning uchun hozircha bu masala yopiq.

Son 2015 yildan buyon "Tottenxem"da o‘ynab kelmoqda. O‘tgan klub mavsumida futbolchi 46ta o‘yinda 11ta gol urgan va 12ta golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 22:51, 29.05.2025.
O'qildi: 3752 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик