Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul"ning chempionlik paradidagi aybdor bugun sud qilinadi

"Liverpul"ning chempionlik paradidagi aybdor bugun sud qilinadi

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning Premyer-liga chempionligini nishonlash marosimida avtomashina muxlislar olomoniga borib urilgan va fojia kelib chiqqan.

Kecha ma’lum bo‘lishicha, polisiya haydovchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan va unga nisbatan ayblov e’lon qilgan.

Sky Sports xabariga ko‘ra, rulda 53 yoshli Pol Doyl bo‘lgan. Unga yettita ayblov qo‘yilgan, jumladan, xavfli haydash, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish va qasddan og‘ir shikast yetkazishga urinish holatlari qayd etilgan.

U hibsga olingan. Doyl ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi bugun, 30 may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:46, 30.05.2025.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик