Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xitoylik paraplanchi 8500 metr balandlikdan sakrab omon qoldi. Hodisa tasodifan bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

55 yoshli Peng Yujiang Xitoyning shimoli-g‘arbida yangi uskunani sinab ko‘rayotgan edi. U Qilian tog‘lari ustida, dengiz sathidan 3 ming metr balandlikda parvoz qilayotganda bulutlar oqimi uni  yana 5 ming metr balandga uchirib ketgan.

Voqea 24 may kuni sodir bo‘lgan va paraplanchining glideriga o‘rnatilgan kameraga muhrlangan. Video Xitoyning Douyin tarmog‘iga juda keng tarqalib ketgan. Videoda Peng glider boshqaruvini mahkam ushlab turgani, yuzi va tanasining ko‘p qismi muz bo‘lakchalari bilan qoplangani ko‘rinadi.

“Bu juda qo‘rqinchli bo‘ldi... Hammayoq oq rangga burkangan edi. Qaysi tomonga ketayotganimni ko‘ra olmay qoldim. Kompas bo‘lmaganda, qayerga ketayotganimni bilmas edim. Men to‘g‘ri uchyapman deb o‘yladim, lekin aslida aylanayotgan ekanman. Tezroq pastga tushishga harakat qildim, lekin iloji bo‘lmadi. Yanada balandroqqa ko‘tarilib ketdim va bulut ichiga kirib qoldim”, dedi u.

Peng Everestdan ham kamroq kislorod bo‘lgan sharoitda omon qoldi. Harorat bunday balandlikda -40 darajagacha bo‘lishi mumkin. Xitoy hukumati hodisa ustida tergov boshlagan. U parvozni ruxsatsiz amalga oshirgani sababli faoliyatidan olti oyga chetlatilgan, deb xabar berildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:50, 30.05.2025.
O'qildi: 2336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик