Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

"MYU" Onana o‘rniga Fransiyadan darvozabon topdi

"MYU" Onana o‘rniga Fransiyadan darvozabon topdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Fransiyaning "Lill" klubi darvozaboni Lyuka Shevalye xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 23 yoshli darvozabon jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Andre Onananing o‘rinbosari sifatida "qizil iblislar"ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Caught Offside xabariga ko‘ra, mankunianliklar bilan bir qatorda "Aston Villa" ham Shevalyega da’vogarlik qilmoqda. Birmingem klubi Emiliano Martines ketganidan keyin darvozabon pozisiyasini kuchaytirish maqsadida "Lill"ga taxminan 47,6 mln yevrolik taklif yuborgan.

So‘nggi mavsumda Shevalye barcha musobaqalarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 13 marta darvozani daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 13:26, 31.05.2025.
O'qildi: 1650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик