Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" kelasi hafta Kerkez uchun taklif yubormoqchi

"Liverpul" kelasi hafta Kerkez uchun taklif yubormoqchi

Baho:
+ | -

"Liverpul" kelasi hafta "Bornmut" himoyachisi Milosh Kerkez uchun taklif yubormoqchi.

"Bayer"dan Jeremi Frimpongni 29,5 million funt sterlingga sotib olib, o‘ng qanot himoyasini kuchaytirgan "Liverpul" endi e’tiborini chap qanotga qaratmoqchi.

Premyer-liga chempionlari "Bornmut" tomonidan 45 million funtga baholangan Kerkez uchun taklif yubormoqchi, deb xabar beradi talkSPORT.

Kerkezning o‘zi Vengriya terma jamoasidagi jamoadoshi Dominik Sobozlai o‘ynaydigan "Liverpul"ga o‘tishga tayyor.

Joriy mavsumda Premyer-ligada 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan 21 yoshli Kerkezga boshqa klublar qiziqish bildirishgan, ammo “Bornmut” haligacha hech qanday taklif olgani yo‘q.

Kiritildi: 22:53, 01.06.2025.
O'qildi: 1121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик