Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Barselona" qiziqish bildirayotgan posbon APLning ikki klubiga rad javob berdi

"Barselona" qiziqish bildirayotgan posbon APLning ikki klubiga rad javob berdi

Baho:
+ | -

"Espanyol" darvozaboni Joan Garsiya "Arsenal" va "Aston Villa" klublarining qiziqishlarini rad etdi.

24 yoshli Garsiya "Espanyol"da kuchli mavsumni o‘tkazdi va "Arsenal" va "Aston Villa"ni boshqarayotgan hamyurtlari Mikel Arteta va Unai Emeri e’tiborini tortdi.

Arteta Garsiyani "Arsenal"ning 1-raqamli David Rayya bilan raqobatlashishini xohlagandi, Emeri esa Joanni "Aston Villa"dan ketishni o‘ylayotgan Emiliano Martinesning o‘rnida ko‘rmoqchi edi.

Biroq, TalkSPORT nashri xabariga ko‘ra, Garsiya Premyer-liga klublariga rad javobini bergan va "Barselona"ga o‘tishni afzal ko‘rgan va u jamoada ketishi kutilayotgan Mark-Andre Ter Shtegenning o‘rnini egallamoqchi.

"Barselona" Garsiya uchun "Espanyol"ga25 million yevro (21 million funt) tovon puli to‘laydi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Kiritildi: 23:22, 01.06.2025.
O'qildi: 2513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик