"Yuventus" hujumchi Kenan Yildizni sotish niyatida emas.
Ma’lumki, Turin klubi 20 yoshli futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "keksa sinyora" futbolchini 80-100 million yevroga baholamoqda.
Shu bilan birga, manbaning aniqlik kiritishicha, forvard sotilmaydi - A seriya giganti uni saqlab qolishga ahd qilgan. Kenan Yildizga Londonning “Arsenal” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirishdi.













