Valentino Livramento "Manchester Siti" e’tiborini tortdi.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Nyukasl" himoyachisi qanot himoyachilari orasida ikkita asosiy nishondan biri bo‘lib qolmoqda ("Vulverxempton" futbolchisi Rayan Ait-Nuri bilan birga).
Biroq, "magpilar" bilan kelishuvga erishish qiyin bo‘ladi, chunki ular 22 yoshli futbolchini saqlab qolishga umid qilishmoqda.
Joriy mavsumda Livramento APLda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













