Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

"BMB" OKMK bilan tenglashib oldi

"BMB" OKMK bilan tenglashib oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimizning amaldagi chempioni va Kubogi sohibi – "BMB" jamoasi 2025 yilgi mavsumda oltin dubl sohibiga aylandi.

O‘zbekiston kubogi-2025 musobaqasi Nodir Eliboev hamda uning jamoasining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi!

O‘zbekiston futzal federasiyasi tomonidan birinchi marta o‘tkazilgan mamlakat kubogi musobaqasi va uning yakuniy Final uchrashuvi muxlislar yodida saqlinib qolishiga shubha yo‘q. “Yunusobod” sport majmuasini to‘ldirib o‘tirgan minglab ishqibozlar qarshisida ayni paytdagi yurtimizning eng kuchli ikki futzal jamoasi – "BMB" hamda “Oil Star” to‘qnash keldi.

Hal qiluvchi bahsning ilk soniyalaridanoq tashabbusni qo‘lga olgan chempionlar 6-daqiqada yaratilgan qulay vaziyatdan unumli foydalanib hisobni ochishdi.

Himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Davlat Ibragimov darvozani aniq nishonga oldi. O‘tkazib yuborilgan gol buxoroliklar himoya chizig‘ida parokandalikni yuzaga keltirdi. Bu esa "BMB"ga qo‘l keldi. O‘sha daqiqaning o‘zida Joazinio farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi – 2:0.

Shundan keyingina “Oil Star” o‘ziga keldi. Taymning ikkinchi yarmida hududiy ustunlik va to‘p nazorati buxoroliklar tomonida bo‘ldi. Bu esa 13-daqiqada javob golini kiritilishini ta’minladi.

Tajribali Nodir Eliboev shu zahoti taym-aut oldi va shogirdlarini xotirjamlikka chorladi. Tanaffusda esa murabbiylardan kerakli ko‘rsatmalarni olgan "BMB" maydonga yana jangovor kayfiyatida qaytib, raqib darvozasiga tezkor gol kiritdi. Kubok bahslari to‘purari Muzaffar Ahadjonov eng asosiy ta’qibchisi Boltdan ikkita to‘p farqiga uzoqlashib oldi. Oliveyra ham mazkur uchrashuvni golsiz tark etmadi. Uchrashuv tugashiga to‘rt daqiqa qolganda aynan Bolt o‘yinga nuqta qo‘ydi – 4:1.

Shunday qilib, "BMB" jamoasi O‘zbekiston kubogini ketma ket uchinchi mavsum boshi uzra baland ko‘tardi va bu borada OKMK bilan tenglashib oldi.

Kiritildi: 11:30, 03.06.2025.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.