Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Al-Hilol" Fernandeshning o‘rniga Edersonni tanlashga qaror qildi

"Al-Hilol" Fernandeshning o‘rniga Edersonni tanlashga qaror qildi

Baho:
+ | -

Saudiyaning “Al-Hilol” klubi “Atalanta”ning 25 yoshli braziliyalik yarim himoyachisi Edersonni sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Al-Hilol" taklifini rad etganidan so‘ng, klub rahbariyati Edersonning atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatgan. Xabar qilinishicha, yaqin orada rasmiy taklif kelishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Ederson barcha turnirlarda 49ta o‘yinda qatnashib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 16:01, 03.06.2025.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик