Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-2 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Men sizlarni hech qachon unutmayman". Indzagi "Inter" muxlislari bilan xayrlashuv maktubini yozdi

"Men sizlarni hech qachon unutmayman". Indzagi "Inter" muxlislari bilan xayrlashuv maktubini yozdi

Baho:
+ | -

Simone Indzagi "Inter" klubini tark etayotgani munosabati bilan jamoa muxlislariga murojaat qilib, xayrlashuv maktubini yozdi. U 2021 yil yozidan beri jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan edi.

"Qadrli "neradzurri" oilasi,

To‘rt yillik sayohatdan so‘ng, bu klub bilan xayrlashish vaqti keldi. Men bu yerda qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Har kunimni "Inter"ga bag‘ishladim. Futbolchilar, rahbariyat va har bir xodim menga kasb mahorati va ishtiyoq bilan javob qaytarishdi.

Oltita yutuq — shu jumladan "Ikkinchi yulduzli Skudetto", 2023 yilgi va joriy mavsumdagi UYEFA Chempionlar Ligasidagi ishtiroklar — mening ishim butun shtabim va klubdagi har bir inson bilan hamjihatlikda olib borilganidan dalolat beradi.

Men aksiyadorlarga bildirgan ishonchlari uchun, prezident va uning jamoasiga esa har kunlik yordam va muloqot uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun kabi qiyin kunda ana shu minnatdorlikni alohida ta’kidlash to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgina yakunlangan samimiy suhbatimizda biz birgalikda bu ajoyib sayohatni tugatishga qaror qildik.

So‘nggi so‘zimni millionlab "neradzurri" muxlislariga bag‘ishlamoqchiman. Sizlar menga ilhom bag‘ishladinglar, qiyin damlarda yig‘ladik, aziyat chekdik, so‘ngra olti marta birga quvonib, bayram qildik. Men sizlarni hech qachon unutmayman.

Olg‘a, "Inter"!" — deb yozdi Indzagi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:45, 03.06.2025.
O'qildi: 1878 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.