Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ispaniya prokuraturasi “Real” futbolchisi uchun 4 yillik qamoq jazosi talab qilmoqda

Ispaniya prokuraturasi “Real” futbolchisi uchun 4 yillik qamoq jazosi talab qilmoqda

Baho:
+-1 | -1

Ispaniya prokuraturasi Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Raul Asensio uchun 4 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Asensio voyaga yetmagan qiz ishtirokidagi video yozuvni saqlash va uni boshqa shaxslarga ko‘rsatishda ayblanmoqda. Bundan tashqari, yana bir jabrlanuvchi Asensio ustidan shunga o‘xshash da’vo arizasini tayyorlamoqda. Har ikki jabrlanuvchiga “psixologik jarohat va stress sindromi” tashxisi qo‘yilgan, ularning fikriga ko‘ra, Asensioning mashhurligi holatni yanada og‘irlashtirgan.

Raul Asensio jabrlanuvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lmagan. Biroq u shaxsiy axborotni tarqatish hamda voyaga yetmagan shaxsga oid nojo‘ya mazmundagi materialni namoyish etish bilan bog‘liq moddalar asosida ayblanmoqda.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Asensio ushbu videoni ruxsatsiz tarzda qo‘lga kiritgan va uni boshqa bir kishiga ko‘rsatgan. Shu bois u quydagi holatlar bo‘yicha ayblanmoqda:

- Videoyozuv jabrlanuvchilarning roziligisiz tayyorlangan,
- Jabrlanuvchilar materialning o‘chirilishini so‘ragan,
- Videodagi shaxslardan biri voyaga yetmagan bo‘lgan.

Shikoyatga ko‘ra, jabrlanuvchi tomon Asensioga nisbatan quyidagi miqdorlarda moddiy va ma’naviy zararlar uchun kompensasiya talab qilmoqda:

27 000 yevro – vaqtinchalik ruhiy va jismoniy jarohatlar uchun,
21 000 yevro – stress va psixologik asoratlar uchun,
10 000 yevro – ma’naviy zararlar uchun

Shuningdek, jabrlanuvchi tomon advokatlari Asensioni kuniga 10 yevro hisobida 20 oy davomida jarima to‘lashga, shuningdek, “Real” futbolchisi sifatidagi maqomini inobatga olgan holda 58 ming yevro miqdorida qo‘shimcha moddiy kompensasiya to‘lashga majbur etishni talab qilmoqda. Yana uch nafar gumonlanuvchi uchun esa 4 yil-u 10 oylik qamoq jazosi so‘ralgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:46, 04.06.2025.
O'qildi: 5867 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.