Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Hindistondagi tiqilinchda 11 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi tiqilinchda 11 kishi halok bo‘ldi

Baho:
+ | -

Hindistonning Bengaluru shahrida 4 iyun kuni kriket stadioni oldida to‘plangan olomon orasida 11 kishi halok bo‘ldi. Muxlislar Royal Challengers Bengaluruʼning Hindiston Premyer-ligasidagi ilk g‘alabasini nishonlayotgan edi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hodisa oqibatida 47 kishi jarohatlangan. Minglab odamlar Chinnasvami stadioni atrofidagi ko‘chalarda saf tortgan. Ba’zilar daraxt va stadion devorlariga chiqib olgan. Stadionga kirish ruxsatnomasi bo‘lmagan odamlar darvozadan kirishga uringan. Voqea joyidan olingan suratlarda odamlar bir-birlarining ustiga chiqqani aks etgan.

“Bayram paytida bu ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘lmasligi kerak edi. Bundan afsusdamiz. Muxlislar soni biz kutgandan ancha ko‘proq bo‘lgan”, dedi Karnataka shtati bosh vaziri Siddaramayya.

Polisiyachilardan biri jarohatlangan shaxsni tez yordam mashinasiga olib borgan. Olomon esa yerda behush yotgan odamlarni o‘rab olgan. Tasvirlarda ba’zi odamlar yurak-o‘pka reanimasiyasi olayotgani ham aks etgan. Shu tariqa olomonni nazorat qilish qiyinlashgan.

Sport jamoasi o‘z sayti orqali tadbir uchun bepul chiptalar tarqatgan, biroq ularning soni cheklanishi haqida ogohlantirgandi. Stadion yaqinidagi Bengaluru metrosi ishdan to‘xtab qolgan.

Hindistonda asosan diniy tadbirlarda ommaviy baxtsiz hodisalar bo‘lib turadi. Yanvar oyida Maha Kumbh Hindu festivalida 10 millionlab odamlar muqaddas suvlarga cho‘milish uchun yig‘ilganda kamida 30 kishi halok bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:38, 05.06.2025.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.