"River Pleyt"ning hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi.
Yosh futbolchi JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Chiliga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.
O‘sib borayotgan yulduz hozir bor-yo‘g‘i 17 yoshu 295 kunlik - hech kim Argentina terma jamoasi safida bunday erta yoshda rasmiy o‘yinlarda debyut o‘tkazmagan, deb xabar beradi Madrid Zone.
Franko Mastantuono tez orada "Real"ga o‘tishi kutilmoqda. Transfer bo‘yicha kelishib olingan.













