Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Superliga. "Xorazm" Navoiyda mehmon ekanligini unutib qo‘ydi

Superliga. "Xorazm" Navoiyda mehmon ekanligini unutib qo‘ydi

Baho:
+-1 | -

O‘zbekiston Superligasi 4-turidan qoldirilgan uchrashuvda “Xorazm” jamoasi safarda “Qizilqum” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Navoiydagi “Yoshlik” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda urganchliklar raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urib, 3:0 hisobida zafar quchdi.

Hisob 11-daqiqada ochildi — Humoyunmirzo Iminov aniq zarba bilan “Xorazm”ni oldinga olib chiqdi. 41-daqiqada Murod Bobojonov farqni ikki baravarga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim ham keskin kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa hujumkor o‘yin namoyish etdi. 75-daqiqada “Qizilqum” futbolchisi Jaba Jigauri qizil kartochka olib, jamoasini maydonda bir kishi kam holatda qoldirdi.

Ushbu ustunlikni yaxshi foydalangan “Xorazm” 90+2-daqiqada uchinchi golini kiritdi. Hazrat Tursunqulov yakuniy nuqtani qo‘yib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Mazkur natijadan so‘ng “Xorazm” ochkolarini 14 taga yetkazib, turnir jadvalida 4 pog‘ona yuqorilab 8-o‘ringa ko‘tarildi. 11 ochkoga ega “Qizilqum” esa 11-o‘rinda qolmoqda.

O‘zbekiston Superligasi

4-tur (qoldirilgan bahs)

6 iyun, juma

“Qizilqum” — “Xorazm” 0:3

Gollar: 0:1 — Iminov (11), 0:2 — Bobojonov (41), 0:3 — Tursunqulov (90+2).

Kiritildi: 22:00, 06.06.2025.
O'qildi: 4368 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик