"An-Nasr" "Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi 29 yoshli futbolchining maoshini ikki barobardan ko‘proqqa oshirishga tayyor.
"Barselona" daniyalik futbolchining ketishiga to‘sqinlik qilmaydi, ammo uning transferi bo‘yicha faol harakat qilishni rejalashtirmayapti.
Ayni paytda Kristensen "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomani oxirigacha ishlab chiqmoqchi, "An-Nasr"dan esa hozircha hech qanday taklif bo‘lgani yo‘q.













