"Real" va "Barselona" klublarining sobiq yarim himoyachisi Takefusa Kubo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, mahalliy klublar yaponiyalikka jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Kubo transfer bozorida 30-40 million yevro atrofida tovon puli evaziga mavjud bo‘aldi. Futbolchining o‘zi ham yangi chaqiruvlarga ochiq va Angliya Premyer-ligasida o‘zini sinab ko‘rishga tayyor.
Yarim himoyachisi so‘nggi Ispaniya chempionatida 36 ta o‘yinda 5 ta gol urgan. Futbolchi yaqinda 24 yoshga to‘ldi.













