Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Manchester Siti" yulduz yarim himoyachisini yo‘qotishi mumkin

"Manchester Siti" yulduz yarim himoyachisini yo‘qotishi mumkin

Baho:
+ | -

“Manchester Siti”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Footmercato xabariga ko‘ra, 30 yoshli yarim himoyachini "Al-Hilol" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Saudiya klubi so‘nggi bir necha oy davomida Bernarduni faol kuzatib bormoqda. O‘z navbatida "shaharliklar" jamoani yoshartirish vektorini o‘z zimmasiga olgan holda yarim himoyachini qo‘yib yuborishlari mumkin.

Silva 2017 yilning yozida Manchesterga ko‘chib o‘tgandi. Uning klub bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 14:43, 08.06.2025.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик