Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Millatlar ligasi uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) jamoasining o‘yini haqida gapirdi.
"Agar 1:0 va 5:4 hisobidagi g‘alaba o‘rtasida tanlov qilishim kerak bo‘lsa, 5:4 hisobidagi g‘alabani afzal ko‘rgan bo‘lardim. Menda ko‘plab hujumkor o‘yinchilar bor, bu esa biroz tuzatishlarni talab qiladi. Biz to‘g‘ri muvozanatni topishimiz kerak, ammo to‘p bizda bo‘lmasa, himoyada ishlashimiz kerak", - dedi Desham.
Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasi yarim finalida Fransiya terma jamoasi Ispaniyaga 4:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.













