Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Eldor Shomurodov: “Kurashishni to‘xtatdim va aybni boshqalardan qidirishni boshladim”

Eldor Shomurodov: “Kurashishni to‘xtatdim va aybni boshqalardan qidirishni boshladim”

Baho:
+3 | -

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Roma” klubidagi murakkab davri va Klaudio Ranyeri qo‘l ostida yana o‘z o‘yinini topgani haqida gapirdi. Bu haqda Roma Press nashri xabar berdi.

Shomurodov Rim klubiga kelgach, paydo bo‘lgan muammolarni  esladi.

“Roma”ga kelganimda Eden Jeko Rimdan ketmoqchi edi. O‘sha paytda tarkibdagi yagona hujumchi men edim va mavsum davomida asosiy tarkibda bo‘laman, deb o‘ylagandim. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, matbuotda Temmi Abrahamning jamoaga kelishi va uning asosiy hujumchi bo‘lishi haqida xabarlar chiqdi. Men bunga ishonmagan edim, chunki jismoniy holatim yaxshi va klub zaxirada saqlash uchun transfer qilmagan deb o‘yladim. Ammo bu sodir bo‘ldi. “Roma”da o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotdim, hatto atrofdagilardan xato izlay boshladim. Kurashishni to‘xtatdim va bu mening o‘yinimni yanada pasaytirib yubordi. Hozirda o‘zimni butunlay boshqa futbolchidek his qilyapman. Buning uchun Klaudio Ranyeridan juda minnatdorman", deydi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov yakunlangan mavsum ancha samarali o‘ynadi. U “Roma” safida barcha musobaqalar doirasidagi 37 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 5 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:36, 10.06.2025.
O'qildi: 8644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.