Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Futbolchi boshidan kechiradigan daqiqalarni tushunishingiz kerak. Krishtianu butun faoliyati davomida o‘zining tabiiy jangchi ekanligini ko‘rsatdi.
Endi u tarixga kirgan futbolchi.
Gap Portugaliya tarixidagi eng yaxshi futbolchi haqida ketmoqda", – dedi murabbiy.













