Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Leroy Sane nima uchun «Bavariya»dan «Galatasaroy»ga o‘tayotganini aytdi

Leroy Sane nima uchun «Bavariya»dan «Galatasaroy»ga o‘tayotganini aytdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» jamoasi vingeri Leroy Sane «Galatasaroy»ga o‘tish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash uchun Istanbulga yetib keldi va turk klubining rasmiy televideniyesiga dastlabki izohlarini berdi.

«Bu yerdagi atmosfera menga juda katta taassurot qoldirdi. Stadionda juda shovqinli muhit bor edi. Albatta, bu mening qarorimga katta ta’sir ko‘rsatdi. Men “Galatasaroy” muxlislari oldidagi ilk o‘yinimni intiqlik bilan kutyapman.

Albatta, menda ko‘plab takliflar bor edi, lekin aynan “Galatasaroy” menda eng iliq taassurot qoldirdi. Atmosfera, klubning nufuzi, meni olishga bo‘lgan ishtiyoqlari, menga bo‘lgan qiziqishlari — bularning barchasi mening qarorimga ta’sir qildi. Shuning uchun ishonch bilan “Galatasaroy”ga o‘tish qarorini qabul qildim. Bizga bunday imkoniyat yaratgani uchun prezidentimiz Dursun O‘zbekka, bosh murabbiy Okan Burukka va janob Abdulloh Kavukju (Galatasaroyning bosh direktori — tahr.)ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — deb Sanening so‘zlarini keltiradi «Galatasaroy»ning rasmiy sayti.

Avvalroq xabar qilinganidek, Sane Turkiya chempionlari bilan 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Futbolchi 2025 yilda AQSHda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin hozirgi jamoasini tark etadi. Eslatib o‘tamiz, Sanening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil iyunida tugaydi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:07, 12.06.2025.
O'qildi: 2995 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик