Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

JLA bosh kotibi Toshkentga keldi

JLA bosh kotibi Toshkentga keldi

Baho:
+ | -

Bugun tongda JLA bosh kotibi Jerom Perlemuter poytaxtimizga yetib keldi. Tashrif doirasida Perlemuter O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov bilan uchrashadi. Shuningdek, 13 iyun kuni 16:30 da Wyndham mehmonxonasida O‘zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi professional futbol klublari rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Unda OAV vakillarining ham bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

14 iyun kuni Jerom Perlemuter, Stanislav Shtipkov, shuningdek, Chexiya hamda O‘zbekiston Professional futbol ligalari rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Anjumanda mamlakatimiz Superligasi, uni rivojlantirish yo‘lida O‘zPFL ishtiroki, jahonning futboli rivojlangan mamlakatlari Ligalari faoliyati va boshqa ko‘plab masalalarda jurnalistlar bilan suhbat tashkil etiladi. Matbuot anjumani 11:00 da Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni 20:00 da mehmonlar Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "Paxtakor" bellashuvini stadiondan kuzatadi.

Liga mazkur jarayonlarni yoritishni maqsad qilgan OAV vakillarini tadbirlarga taklif etadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:56, 12.06.2025.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик