Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Asror Aliqulov: "Ikkinchi golni urib olganimizdan keyin futbolchilardagi bosim yo‘qoldi"

Asror Aliqulov: "Ikkinchi golni urib olganimizdan keyin futbolchilardagi bosim yo‘qoldi"

Baho:
+ | -

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" — "Mash’al" (0:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov uchrashuv haqida fikr bildirdi.

— "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida tajovuzkor o‘yin ko‘rsatadi, oxirigacha o‘ynaydi, qarshi hujumda ko‘proq harakat qiladi. O‘yinda tezkor gol urdik, biroq shundan keyin ozgina sustlashdik. Oddiy holatlarda to‘p yo‘qotdik. O‘yinga tayyorgarlik mobaynida futbolchilarga to‘pni yo‘qotishimiz "Qo‘qon-1912"ning tezkor hujumlariga sabab bo‘lishini aytgandik. Baribir futbolchilar hayajonlanishdi. Ikkinchi bo‘limda ikkinchi golni urib olganimizdan keyin futbolchilardagi bosim yo‘qoldi. Keyin yirik hisobda g‘alaba qozondik. Uzoqdan kelgan muxlislar oldida bu g‘alabani nishonladik. Bu g‘alaba uchun futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman.

— "Mash’al" qachon o‘z stadioniga qaytadi? Eshitishimcha, hali stadionda hech qanday ishlar olib borilmayapti.

— Ish olib borilmayapti desak noto‘g‘ri bo‘ladi, ishlar qilinmoqda. Muammolar asosan chim bilan. Yoritkichlar o‘rnatilgan. Chim, VAR va sug‘orish tizimi bo‘yicha ishlar ketmoqda. Biz mehmonda o‘ynashga majburmiz, shu sababli jamoani shunday tayyorlayapmiz. Futbolchilarga katta bosim bermasdan yengilroq o‘yin ko‘rsatishiga, jamoaviylikka e’tibor beryapmiz.

Humoyun Murtazoyev ikkinchi yoshligini o‘tkazyapti desak bo‘ladimi? O‘zbek futbolida ayni damda hujumchilar defisit bo‘lib turganida "Mash’al" top-hujumchiga ega, u bir vaziyatdan bitta gol ura oladi.

— U juda ko‘p mehnat qiladi, buning barchasi mashg‘ulotlar evaziga. O‘tgan yilgiga qaraganda u ancha yengil o‘ynamoqda, joyidan tez qo‘zg‘almoqda, yaxshi kurashyapti, faollik oshgan.

— Sardor Abduraimov bugun zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Uning asosiy tarkibda o‘ynashi uchun nima halaqit qilyapti?

— Bu "Qo‘qon-1912" jamoasining o‘yini bilan bog‘liq. Bizga birinchi bo‘limda kurashuvchan futbolchi kerak edi, shu sababli Sardorni ikkinchi bo‘limga olib qo‘ydik. U yaxshi fikrlaydi, to‘p bilan yaxshi harakat qiladi, lekin himoyada muammolari bor. Uni zaxirada olib qolib, ikkinchi bo‘limda tushirganimiz o‘zini oqladi, u ikkinchi bo‘limda hujumlarga yaxshi qo‘shildi deb o‘ylayman.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:53, 13.06.2025.
O'qildi: 784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.