Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekiston JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishida kim ko‘proq hissa qo‘shdi: Yusupov, Shomurodov, Fayzullayev yoki Husanov. Alisher Nikimbayev javob berdi (2-qism)

O‘zbekiston JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishida kim ko‘proq hissa qo‘shdi: Yusupov, Shomurodov, Fayzullayev yoki Husanov. Alisher Nikimbayev javob berdi (2-qism)

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev “Dynamomania” bosh muharririga intervyu berib, bir qator mavzularda o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Intervyuni bir necha qismga bo‘lgan holda e’tiboringizga havola etamiz (2-qism).

— Biz asosan Husanov, Shomurodov haqida gapiramiz. Yana kimlar O‘zbekistonni bu g‘alabaga yetakladi?
— G‘alabaning asosiy qahramonlaridan biri sifatida, avvalambor, darvozabon O‘tkir Yusupovni ta’kidlagan bo‘lardim. U Shimoliy Koreyaga qarshi uyda ham, safarda ham penaltini qaytardi — bu hal qiluvchi pallalar edi. Ayniqsa safarda. Qatardagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa Laosda KXDRga qarshi o‘ynadi. Ikkinchi mag‘lubiyat jamoani butunlay sindirishi mumkin edi. Yusupov BAAga qarshi o‘yinda ham o‘zini ko‘rsata oldi.

Abduqodir Husanovning rolini esa balki undan ham kichik deb aytardim — garchi u elit chempionatda o‘ynashi tufayli «yulduz» sifatida tanilgan bo‘lsa ham. Lekin aniq maqsadga erishish nuqtai nazaridan qaralsa, men uni hatto birinchi uchlikka ham kiritmagan bo‘lardim. Jamoaning o‘zini ta’kidlardim — u muvozanatli edi. Yusupov — asosiy qahramonlardan biri. Shomurodov — birinchi bosqichda katta rol o‘ynadi.

Ikkinchi bosqichda esa asosiy yetakchi — Abbosbek Fayzullayev bo‘ldi. Bu raqamlardan ham ko‘rinib turibdi — Fayzullayev to‘rtta gol urgan. Asosiy bosqichda jamoa kamroq gol urdi — 10 o‘yinda bor-yo‘g‘i 14 ta, ammo faqat 7 ta gol o‘tkazdi. Asosiy e’tibor himoyaga qaratildi — bu esa oldin kuzatilmagan holat. Shunday qahramonlarni aytardim. Lekin yana qaytaman: alohida kimnidir ustun qo‘ymas edim — eng avvalo, bu jamoa yutug‘i. Lekin ayrim shaxslar haqida gap ketsa, shularni ta’kidlardim.

— Husanov haqida ham ikki og‘iz. «Manchester Siti» har kuni har kimni taklif qilmaydi.

— Husanov — hozircha bir avans. Ha, u iste’dodli yigit, mehnatkash. Ya’ni faqat iste’dod emas, balki ko‘plab iste’dodli futbolchilarga yetishmayotgan jihatlar — mehnatsevarlik, sabr-toqat va kamtarlik bor unda. U yaxshi futbolchiga aylanish imkoniyatiga ega. Lekin hozircha uni tayyor futbolchi deb aytishga erta. Terma jamoa uchun albatta topilma. Chunki u hali ham yosh, keyinchalik u o‘sishi kerak, hammamiz shunga ishonamiz. Va umid qilamizki, u himoya markazidagi muammoni kamida 10 yilga yopib turadi. Chunki Andrey Fyodorovdan keyin, desam, markaziy himoyada katta bo‘shliq bo‘lgan. Hatto shu siklda ham bo‘lgan — Qirg‘iziston masalan, aynan markazdan gol urdi. Bir tomondan, kam gol o‘tkazdik, lekin agar raqiblar himoyani yechib yuborishsa, bu juda tahlikali bo‘lgan.

Katanes esa muvozanatni topa oldi, himoyaga alohida e’tibor qaratib, bu muammoli nuqtani yopdi.

Manba: www.dynamomania.com
Kiritildi: 16:53, 14.06.2025.
O'qildi: 3518 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.