Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.
"Alonso juda qiziqarli va g‘ayratli. Uning borligi futbolchilarga katta yordam beradi. U bizga nafaqat futbol maydonida, balki shaxsiy tomondan ham yordam berishga tayyor. Bu yil imkon qadar ko‘proq chempionlikni qo‘lga kiritish uchun barchamiz bir yo‘nalishda harakat qilamiz," - deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.













