Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Moyes "Manchester Siti" futbolchisini "Everton"ning yangi nishoni sifatida belgiladi

Moyes "Manchester Siti" futbolchisini "Everton"ning yangi nishoni sifatida belgiladi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker "Everton"ni jiddiy qiziqtirib qo‘ydi.

"Irislar" 35 yoshli futbolchi uchun kurashishga tayyorligi biroz avvalroq ma’lum bo‘lgandi. Insayder Fabrisio Romanoning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, yulduz faxriyni shaxsan bosh murabbiy Devid Moyes imzolashni talab qilmoqda. Shotlandiyalik mutaxassis Uokerni jamoasi uchun "ideal" transfer maqsadi deb hisoblamoqda, klublar o‘rtasida allaqachon muzokaralar olib borilmoqda. Liverpulliklar bu borada "Fenerbaxche" va boshqa da’vogarlarni ortda qoldirmoqchi.

Kayl Uoker 2017 yildan beri "Manchester Siti"ga tegishli. Yozda "shaharliklar" nomdor ingliz bilan xayrlashishi aniq, chunki u Xosep Gvardiolaning rejalariga kirmaydi.

Kiritildi: 08:36, 17.06.2025.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик