Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Filippo Indzagi "Piza"dan ketganidan so‘ng Italiyadagi boshqa jamoani qabul qilib oldi

Filippo Indzagi "Piza"dan ketganidan so‘ng Italiyadagi boshqa jamoani qabul qilib oldi

Baho:
+ | -

Filippo Indzagi murabbiylik faoliyatida uzoq tanaffus qilmadi. Bir necha kun oldin 51 yoshli mutaxassis "Piza"ni tark etgandi, endi esa Indzagining "Palermo"ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

"Palermo" rasmiy saytida Filippo Indzagi bilan tuzilgan shartnoma 1 iyuldan kuchga kirishi ma’lum qilingan. Mehnat shartnomasining muddati oshkor etilmagan, biroq shartnoma "ko‘p yillik" ekani ta’kidlangan.

"Palermo" B Seriya vakili - Italiyaning ikkinchi futbol divizioni. O‘tgan mavsumni "qizil-qoralar" jadvalning sakkizinchi pog‘onasida yakunlagan edi.

A Seriyada "Palermo" so‘nggi bor 2016/2017 yilgi mavsumda ishtirok etgan.

Kiritildi: 16:12, 17.06.2025.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик