Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 0-0 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo - Nasaf

Eldor Shomurodovning transfer narxi oshdi

Eldor Shomurodovning transfer narxi oshdi

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali Italiya A Seriyasidagi futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 1 million yevroga qimmatlashib, 5 million yevroga baholanmoqda.

Transfermarkt portali bunga quyidagicha izoh berdi:

"Bu o‘sish asosan murabbiylar shtabining Shomurodovga bo‘lgan ishonchini tiklagani va Eldorning bu imkoniyatdan unumli foydalangani bilan bog‘liq. Shunga qaramay, A Seriyada 29–32 yosh toifasidagi futbolchilar orasida faqat Romelu Lukaku undan yuqoriroq narxga baholangani e’tiborga molik jihat", deyiladi Transfermarkt portalida.

Shomurodov hozirda “Roma”dagi eng qimmat 19-futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, u o‘zbekistonlik futbolchilar orasida 3-o‘rinda turibdi. Undan yuqoriroq pog‘onalarda Abduqodir Husanov (35 million yevro) va Abbosbek Fayzullayev (8 million yevro) qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Shomurodov yakunlangan mavsumda “Roma”ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 o‘yinida maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:15, 17.06.2025.
O'qildi: 5745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.