"Barselona" xavbeki Pablo Torre klubini o‘zgartirishga yaqin turibdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik Kataloniya klubini tark etish haqida jiddiy o‘ylamoqda, eng ko‘p qiziqish bildirayotgan tomon esa "Sevilya" hisoblanadi. "Barsa"ga o‘z avlodining eng umidli o‘yinchilaridan biri sifatida kelgan yosh yarim himoyachi ikki mavsum davomida asosiy tarkibda barqaror o‘rin egallay olmadi.
Torrening shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini olti million yevroga baholamoqda.













